Ot sporti. Federatsiya raisi Moskvadagi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi

  • 12.09.2022 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti

Moskvada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev namuna ko‘rsatib, 2 bor shohsupaga ko‘tarildi. “Ledi” laqabli otda qatnashgan B.Gaziev 130 sm balandlikda o‘tgan “Jump&Drive” dasturida kumush, 110 sm balandlikdagi to‘siqlardan iborat bahslarda esa oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamizning tajribali vakillaridan yana biri Nurjan Tuyakbaev (“Lanselota”) ham Gran-pri yo‘nalishida (150 sm) bosh sovringa ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!