Ot sporti. Konkur bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi

  • 23 oktabr, 2022, 18:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

“Universal Jumping Agro” ot sporti klubida konkur bo‘yicha mamlakat kubogining uchinchi kun bahslari o‘z yakuniga etdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning so‘nggi kunida ishtirokchilar bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishdi. Yakunda 4 yo‘nalishda kechgan bellashuvlarning g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

“D” toifasi, 140 sm to‘siq balandligi:
1. G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”, ot laqabi)
2. Jasur Xotambekov (“Laki Star”)
3. Temur Azizov (“Ileksta”)

“V” toifasi, 130 sm (7 yoshli otlar), 125 sm (5-6 yoshli otlar):
1. Bekzod Ro‘zmuhamedov (“Ornella”)
2. Ibrohim Yo‘ldoshev (“Parij)
3. Temur Azizov (“Furina Fan De Fmarat Z”)

“S” toifasi, 120 sm (bolalar):
1. Bobur Valijonov (“Alonso”)
2. Firdavsbek Davronbekov (“Rizotta”)
3. Muhammadumar Roziqov (“Ayvengo”)

Ochiq toifa, 115 sm:
1. Mayya Fishler (“Alonso”)
2. Javohir Dilxushev (“Kechmeker”)
3. Taisya Lokteva (“Gayums”)

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar:
“D” toifasi: Temur Azimov (“Ileksta”)
“V” toifasi: Temur Azimov (“Furina Fan De Fiarat Z”)
“S” toifasi: Bobur Valijonov (“Alonso”)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!