
Ot sporti. Nurjan Tuyakbaev jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi
AQShning Omaxa shahrida ot sporti turlari bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi nihoyasiga etdi. Konkur dasturida “Lanselotta” laqabli tulporda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbaev musobaqani kuchli yigirmatalikda yakunladi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
1. Xenrik Von Ekerman (Shvetsiya)
2. Garri Smolders (Niderlandiya)
3. Xanter Xollouvey (AQSh) …
Bahslarda sportchilar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashdi. Chavandozimiz garchi sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsa ham ot sporti tarixida yangi sahifa ochdi. O‘zbekiston yilkichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Baxromjon Gaziev, bosh kotib Nodirbek Ibragimov, bosh murabbiy Bekzod Kurbanov, otni yo‘lda va musobaka paytida parvarishlash bo‘yicha mas’ullar Olimjon Gaziev va Mirjalol Burliev sportchimiz Nurjon Tuyakbaevning ushbu musobakaga muvaffaqiyatli tayyorgalik ko‘rishiga katta hissa qo‘shishdi.
Eslatib o‘tamiz, Nurjan Tuyakbaev Jahon kubogiga 2022 yil o‘tgan Evrosiyo ligasining g‘olibi sifatida yo‘l olgan edi.
Manba: MOQ
Fikrlar