
Otabek Shukurov: "Men bilan birga ishlagan barchaga kattakon rahmat"
Otabek Shukurov Saudiyaning "Al-Feyha" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, ushbu transfer uchun saudiyaliklar 400 ming evro to‘ladi. U yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Shukurov o‘tgan qishda "Kayserispor" bilan shartnoma tuzgandi. Undan oldin esa "Fotih Karagyumruk" tarkibida to‘p tepgan futbolchimiz shu tariqa Evropadan Osiyoga yo‘l oldi. Shukurov ijtimoiy tarmoqlarda sobiq klubi "Kayseripsor" klubi bilan xayrlashdi.
"Assalomu alaykum. Avvalo "Kayseripsor"ga minnatdorchilik bildiraman. Men bilan birga ishlagan va bu yo‘lda meni qo‘llab quvvatlagan barchaga kattakon rahmat aytib qolaman. "Kayseripsor" oilasi va ajoyib muhlislariga alohida rahmat aytmoqchiman. Siz har doim mening qalbimdasiz", - deya yozdi terma jamoamiz a’zosi.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli yarim himoyachi "Kayseripsor"dan avval "Mashal", 'Buxoro", "Bunyodkor", "Sharja" hamda "Karagyumkum" jamoalarida harakat qilgan.
Fikrlar