Otabek Shukurov turk klubi taklifini rad etdi

  • 08.01.2024 20:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Fotix Karagyumryuk"ning sobiq yarim himoyachisi Otabek Shukurovning faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ko‘pchilik futbol  ixlosmandlari uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Suhrob Xolbekovning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi Turkiya quyi ligasi jamoasidan bo‘lgan taklifni rad etgan. 

"Kojaelispor" Otabek Shukurov bilan 1,5 yoki 2,5 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirgandi, lekin yarim himoyachi klub bilan muzokaralar olib borishni ham xohlamadi.

Shukurov quyi divizyonda o‘ynashni istamayapti", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!