Otamendi yozda "Siti"dan ketmoqchi
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Nikolas Otamendi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi “shaharliklar” safidan etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab ketmoqchi. Bu uning jamoadan ketishga bo‘lgan yagona sababdir. Chunki, uni Manchesterdagi qolgan barcha narsa to‘liq qoniqtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Otamendi joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar