O‘tkir Yusupov bu borada kuchli to‘rtlikda!

  • 13.02.2024 19:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol

Ayni damda O‘zbekistonning ikki klubi "Nasaf" va "Navbahor" Osiyo chempionlar ligasida o‘z yurishini davom ettirmoqda.

"Navbahor" posboni O‘tkir Yusupov OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra seyvlar soni bo‘yicha 4-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, 20 va undan ko‘p seyv qilganlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich ham "lochinlar" darvozaboniga tegishli — 79 foiz.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan shogirdlari 15 fevral kuni Namanganda yulduzli tarkibga ega “Al-Ittihod”ni mehmon qiladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.

photo_2024-02-13_18-59-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
15/02/2024 08:33
Уткир ва Навбахорга омад.1-0 га ютинглар,булади.
&
Shakhzod
13/02/2024 21:05
Navbahor himoyasi juda zaiflashgan, O'tkir(teshik) ananasini davom ettirmasdan mustahkam turishini kutamiz, Bor umid shu O'tkirdan,ximoyaga ishonch yo'q.