O‘tkirbek Haydarov: "U so‘ngi nafasi qolguncha sola-sol qilib, raqiblarini taslim etgan"

  • 13 iyun, 2024, 14:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Jang" ruknining navbatdagi ishtirokchisi sobiq bokschi, Olimpiada sovrindori, jahon chempioni O‘tkirbek Haydarov bo‘ldi. U hafta "qahramon"lari Oskar De La Xoya va Arturo Gatti o‘rtasidagi o‘zini tanlovini ma’lum qildi. 

Tecno

- Bular haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ularning har ikkisi taxsinga sazovor faoliyat olib borgan. Arturo boks tarixidagi eng urushqoq, xaqiqiy jangchi desam yanglishmagan bo‘laman. U so‘ngi nafasi qolguncha sola-sol qilib, raqiblarini taslim etgan. Dastlabki raundlarda imkoniyatni boy berayotib, chidami, matonati evaziga jangni o‘z tomoniga og‘dirib ketadigan bokschi bo‘lgan. Ikkisi ham "pancher" bo‘lgan. Gattini kamchilik tarafi uni boksdan tashqarigi faoliyati yaxshi bo‘lmagan. U maishatga ko‘proq berilgan. Topgan sarmoyasini maishatga sarf qilgan. Shuningdek, uning qiynalib topgan pullarini muxtojlarga sarflagan xayrli ishlarini ham aytib o‘tish mumkin. Xullas, u buguni bilan yashagan bokschi bo‘lgan.

De La Xoya esa bekorga "Tilla bola" deb nomlanmagan. U juda aqlli bokschi bo‘lgan. Nafaqat ringda balki, har taraflama uzoqni ko‘ra bila oladigan shaxs sanaladi. Mana xozir ham professional boks olamidagi "Katta shaxs"lardan biri hisoblanadi. "Golden boy" promouterlik kompaniyasiga asos solgan. O‘zining juda zo‘r biznesiga ega. Faoliyati ham yorqin bo‘lgan. Qiziqarli janglarda ishtirok etgan. Xullas, unga bokschi va tadbirkor sifatida xavas qilsa arziydi. Tanlovga to‘xtalsak, Gattini juda hurmat qilaman. Biroq, De La Xoya boksga ko‘proq narsa bera olgan, deb o‘ylayman. Oskarni tanlagan bo‘lardim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!