O‘toqlik o‘yini. "Buxoro" Antaliyadagi ikkinchi bahsda durang qayd etdi
"Buxoro" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda. Bugun jamoa yigʻin doirasida Ruminiyaning "Gloriya: klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab, 78-daqiqada Asilbek Qayumov hisobni ochdi. Biroq 85-daqiqada aynan Qayumov oʻz darvozasini ishgʻol qilib, avtogol muallifiga aylandi.
Maʼlumot uchun, Aleksandr Xomyakov shogirdlari 31 yanvar kuni Bolgariyaning «Fratriya» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar