"OTP Group Tashkent Grand Slam 2026" turniri. Bugun 16 nafar dzyudochimizga muxlislk qilamiz!
- Javohir Malikov
- Izohlar: 0
- Dzyudo
"Humo Arena" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan Toshkent "Katta Dubulğa" turnirining ikkinchi kuni o‘rta vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.
Bugun erkaklar o‘rtasida -73, -81, ayollarda esa -63, -70 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Musobaqaning birinchi kunida bo‘lgani singari bugun ham O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar dzyudochisi medallar ham jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimiz ishtirokidagi ilk bellashuvlar:
-63 kg vazn toifasi:
Aselxan Aralbaeva — Jun Li (Xitoy)
Sevinch Isoqova — Fidan Alizoda (Ozarbayjon)
Sarvinoz Husanova — Jing Tang (Xitoy)
Marjona Nurulloyeva — Yana Makretskaya (Belarus)
-70 kg vazn toifasi:
Nigina Saparboyeva — Maya Kogan (Isroil)
Farangiz Xojiyeva — Katarjina Soberayskaya (Polsha)
Shirinjon Yo‘ldosheva — Melkiya Oshekorn (Fransiya)
Xurshida Razzoqberdieva — Anastasiya Antipina (Ukraina)
-73 kg vazn toifasi:
Shahram Ahadov — Leonardo Valeriani (Italiya)
Muhammad Jumaev — Noel Shmidt (Germaniya)
Xojiakbar Toshev — Miheyli Bahbahashvili (Gruziya)/Dong Hyun Bae (Koreya Respublikasi)
Elbek Tojiev — Gilerme De Oliveira (Braziliya)
-81 kg vazn toifasi:
To‘lqin Ochilov — Abdul-Kerim Tasuev (Rossiya)
Zulfiddin Usmonov — Tegin Almazjan Uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
Murodjon Yo‘ldoshev — Nugzari Tatalashvili (BAA)
Arslonbek Tojiev — Kim Dae Sung (Koreya Respublikasi)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.