"OTP Group Tashkent Grand Slam 2026" turniri. Hozircha TOP 3 damiz!

  • 01.03.2026 08:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi. 

Kechagi kun ham O'zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Dzyudochilarimiz tomonidan uchta medal qo'lga kiritildi. Tajribali Shahram Ahadov kumush, Elbek Tojiev va Murodjon Yo'ldoshev bronza medallariga sazovor bo'ldi. Bu Ahadov uchun Grand Slam turnirlaridagi to'qqizinchi, Yo'ldoshev uchun to'rtinchi medal edi. 22 yoshli Tojiev esa faoliyatidagi ilk "Katta Dubulğa" medaliga ega chiqdi. 

O'zbekiston sport delegatsiyasi ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jami 16 davlat delegatsiyalari kamida bitta medal qo'lga kiritib ulgurishdi. Bu haqida O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!