Ovora bo‘lmang, men “Real”dan ketmayman!
Evropa matbuotida “Real” klubi prezidenti Florentino Peres kelasi yili rahbarlik lavozimini topshirishi haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.
Tajribali funktsioner bu xabarlarga darrov munosabat bildirdi.
COPE nashrining ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” xo‘jayini prezidentlik vakolati tugamagunicha, ya’ni 2029 yilning oxirigacha o‘z ishini davom ettirishini ta’kidlagan. Bu muddat ichida Peres o‘zi rejalashtirgan loyihalarni amalga oshirishga harakat qiladi.
Jumladan, klub rahbari 2029 yilga qadar “Santyago Bernabeu” stadionini to‘liq rekonstruktsiya qilishni mo‘ljallagan.
Ispaniyalik tadbirkor ilgari 2000-2006 yillar davomida “Real” prezidenti lavozimida ishlagan. 2009 yili yana o‘z kursisini qaytarib oldi va shundan beri “Qirollik klubi”ni mahorat bilan boshqarib kelyapti.
Peres boshqaruv davrida “Real” futbolchilari umumiy hisobda 37 ta sovringa ega chiqqan. Shulardan ettitasi Evropa Chempionlar ligasining bosh sovrinidir.



Fikrlar