O‘yinchi tanlash qiyin bo‘lyapti

  • 26 mart, 2022, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bavariya” rahbariyati yozda himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun ikki nomzoddan birini tanlashga qiynalmoqda.

Myunxenliklar “Bavariya” uchun 8 million evro maoshga o‘ynashga rozilik bergan “Borussiya M” futbolchisi Mattias Ginterning transferi o‘zini oqlamasligidan xavotirdan. Bu himoyachi myonxengladbaxliklar safida 27 ta uchrashuvda bitta gol urdi.

Ikkinchi nomzod – Antonio Ryudigerni olish “Bavariya”ga oson bo‘lmaydi. “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanayotgan futbolchiga katta maosh to‘lashdan tashqari, uni qo‘lga kiritishga o‘z tikib turgan Evropaning grand klublari bilan raqobatlashish kerak bo‘ladi. 

Ryudiger joriy mavsumda barcha turnirlarda 42 marotaba uchrashuv o‘tkazib,  o‘z vazifasini bajarishdan tashqari uchta gol urdi va to‘rtta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!