"O‘zbek ajdari" Toshkentda jang qiladi

  • 19 dekabr, 2024, 17:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

"O‘zbek ajdari" nomi bilan mashhur og‘ir vazn toifasidagi MMA jangchimiz Azamat Nuftillaev(12-1-1)ning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 29 dekabr kuni muhtasham "Xumo arena" majmuasida o‘tkaziladigan "Octagon 69" turnirida ishtirok etadi. Unga braziliyalik Fernando Batista (12-8) raqiblik qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nuftillaev oxirgi jangida Edivan Santosni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!