O‘zbek futbolchisini Evropada e’tirof etishdi

  • 5 aprel, 2022, 23:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belarus oliy ligasi o‘zbek futbolchilari uchun omadli chempionatga aylanib bormoqda. Har holda so‘nggi yillarda bu chempionatda o‘ynagan futbolchilarimiz faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Ayniqsa, “Energetik-BGU” jamoasi har mavsum bir necha futbolchimiz bilan o‘z tarkibini kuchaytirmoqda. Bu jamoada berilgan imkoniyatdan unumli foydalayontgan hamyurtilarimiz o‘zini Evropada tanitib, hatto O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ham chaqiruv olgani bor gap.

Misol tariqasida, Evropadagi faoliyatini “Energetik-BGU”dan boshlab, qisqa fursat ichida Belarus va Polsha chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboevni keltirishimiz mumkin. Taqdir taqozosi bilan Moldovaning eng qudratli klubi “Sherif”dan qo‘nim topgan Jasur UEFA Chempionlar ligasida “Santyago Bernabeu”da “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, tarix yaratgani va mavsum oxirida Moldova chempionligini rasmiylatirish ehtimoli kattaligi ham o‘zbekistonlik muxlislarni xushnud etadi.

2g5Pl916328880385217_l

Joriy mavsumda ham Belarus chempionatini sinchkovlik bilan kuzata boshladik. Bu gal ham “Energetik-BGU” o‘zbek futbolchi tarbiyalanuvchilarining yordamiga tayanmoqda. Jamoadagi to‘qqizta legionerdan uch nafari bizning futbolchilar – Abduqodir Husanov, Shohruh Abdurahmonov va Bobur Abduxoliqov.  

Oliy liganing dastlabki ikki turi yakunlariga ko‘ra, “Energetik-BGU” yuz foizlik natija ko‘rsatayotgan ikki jamoadan biri bo‘lib turibdi. Minsklik “talabalar” ketma-ket ikki o‘yinda bir xil 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchala futbolchimiz ishtirok etgan har ikki uchrashuv qahramoni Bobur Abduxoliqov bo‘ldi.

Qashqadaryolik futbolchi bu o‘yinlarda ikkitadan to‘p kiritib, bittadan assist qayd etdi.

Chempionat homiysi Parimatch kompaniyasi birinchi tur yakunlariga ko‘ra, Bobur Abduxoliqovni “Fair Play” nominatsiyasi g‘olibi sifatida taqdirladi. Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada hujumchimiz eng ko‘p ovoz to‘plab, asosiy raqobatchilari – Ivan Baxar va Vladislav Malkevichni ortda qoldirdi.

Belarusning eng nufuzli sport nashri www.pressball.by saytining yozishida Bobur Abduxoliqov “Vitebsk”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikkita gol urib, bitta golli pas berganidan tashqari, o‘yin davomida o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘polliklarga umuman e’tibor qaratmadi, professional munosabatda bo‘lgani bilan ajralib turdi.

Parimatch kompaniyasi matbuot xizmati taqdirlash marosimidan keyin Bobur Abduxoliqovning fikrlarini e’lon qildi.

- “Fair Play” sovrini bo‘yicha taassurotim ijobiy. Juda yoqimli bo‘ldi. Men uchun ovoz berganlarning baridan minnatdorman. O‘zbekistondagi ko‘plab muxlislar ham meni qo‘llab-quvvatlab turganini bildim. Hammaga salomimni yo‘llayman. Kelajakda ham halol, samarali va yaxshi saviyali o‘yinim bilan muxlislarni xushnud etishga harakat qilaman. Halol va mas’uliyatni o‘yin har qanday sport turining muhim qismi hisoblanadi.

- “Energetik-BGU” haqida ikki og‘iz gapirsangiz. 2 ta o‘yin, 3:1 hisobidagi 2 ta g‘alaba, sizdan gollar va assistlar. Yangi jamoangizni ta’riflab bering. Chempionat startidagi bunday natijalar qaerdan kelyapti?

- Bu yosh va juda yaxshi jamoa. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Xato va kamchiliklar bor, biz o‘yindan o‘yinga ularni tuzatib borishga harakat qilyapmiz.

Shaxsiy maqsadlarim qanday? Har bir bellashuvda gol urish va jamoadoshlarimga golli paslar uzatish. Har gal bularni ko‘paytirib borish.

sddefault

Ta’kidlash joizki, Bobur Abduxoliqov  ikkinchi turning ham eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Ikkita o‘yinda to‘rtta gol urgan hujumchimiz to‘purarlar bahsida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Feruz Namatov
21/04/2022 15:33
Olloxim omadingni bersin bobirjon illoxim angilya ispanyalada xam shunday tup urar bulib yurishni nasib aylasin omad
&
Tohirbek
06/04/2022 19:26
Bobur Energetik tramplin klub keyingi klub tanlashda extiyot bul
Shukurullo Ahmadaliev
06/04/2022 05:47
Брюки уз устингда ишлашда тухтама, чунки сен терма жамаомизга кераксан, омад доим ер булсин.
Abbos Boltayev
05/04/2022 20:26
Bobur omad. Shu ruhda davom et. Keyingi manzil kuchliroq klub boʻlsin.
&
Мехриддин Абдурахмонов
05/04/2022 11:27
Омадини берсин. Кейинги клуб хакида чукуррок уйласинда