O‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi (foto)
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 500 nafardan oshiq sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Sarvinoz Rustamova, Moxira Abduxalimova, Dilnovoz Mirzarahimova, Zuhra Umrzoqova, Jamshid Murodqulov, Behzodjon Akbarov, Xurshid Mardonov, Dilmurod Ergashev, Ismoiljon Zokirov kabi sportchilar mahorat bobida tengdoshlaridan ancha ustun ekanliklarini amalda isbotlay oldi.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlari Butunjahon jang san’atlari bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatlarida, Germaniya, Frantsiya, AQSh, Janubiy Koreya davlatlarida bo‘ladigan Xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.
Fikrlar