O‘zbek legioneri eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi

  • 8 iyul, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik futbol ekspertlari Premer-liganing eng zo‘r dribling ustalarini aniqlandi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Axmat” klubi o‘yinchisi Bernard Berisha bir uchrashuv davomida o‘rtacha 5,5 marta dribling ishlatadi va shundan 3 tasi muvaffaqiyatli chiqadi. Shuningdek, eng ko‘p dribling namoyish etadigan futbolchilar qatoridan Vanderson (“Krasnodar”), Nikola Vlashich (TsSKA), Zelimxon Bakaev (“Spartak”) va Daniil Lesovoy (“Arsenal”) ham o‘rin olgan.

Rossiyalik mutaxassislar endi bu futbolchilar qatoriga "Ufa"ning o‘zbek legioneri Oston O‘runov ham qo‘shilganini ma’lum qildi. Oston bir o‘yinda o‘rtacha 3,4 marta dribling ishlatadi va shundan 2,3 tasi muvaffaqiyatli chiqadi.

Shu o‘rinda, O‘runov chempionatning yangi o‘yinchisi bo‘lgani uchun uning ettita uchrashuvdagi driblinglari hisobga olingan. Qolgan futbolchilar Ostonga qaraganda bir necha marotaba ko‘p uchrashuv o‘tkazgan.

b1b2ff7ab96ecee77d387ab793f243b3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!