
O‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzi ONE FC bilan shartnoma tuzdi!
O‘zbek muaytay olamining eng sovrindor vakillaridan biri, 3 karra jahon chempioni, boringki barcha rasmiy musobaqalarda g‘alaba qozongan Mavlonbek Qahhorov professional yo‘nalishda ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda.
Ushbu yurtdoshimiz muaytay olamidagi eng nufuzli ONE FC bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra, Qahhorov dastlab ONE Lumpine turnirida jang o‘tkazadi va keyinchalik asosiy ligaga yo‘l oladi. Ilk jangi 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
U so‘ngi jangini ham aynan ushbu ligada o‘tkazgandi va 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratgan.
Fikrlar