"Ўzbekistonlik panda" Gruziyadа jang qilаdi!

  • 18.03.2026 11:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

4 aprel kuni Gruziyda "IFC 23" turniri bo‘lib o‘tadi. 

E’tiborli­si, unda "O‘zbekistonlik panda" nomi bilan tanilgan hamyurtimiz Shaxsanem Amaniyazova ozarbayjonlik Gullay Xuseynovaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, taniqli murabbiy Farrux Madaminovning shogirdi bo‘lgan Amaniyazova havaskor MMAda Osiyo chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u IMMAF yo‘nalishida jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Hozirga qadar Shaxsanem professional MMAda 2 ta jang o‘tkazib, ikkisida ham zafar quchishni uddaladi. Uning bo‘lajak raqibasi Gullay Xuseynova esa profda uch bor oktagonga ko‘tarilib, ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!