
O‘zbek sportining yorqin g‘alabalari aks etgan hujjatli film tasvirga olinadi
Yig‘ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, vazir o‘rinbosari Nodir Murotov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek vazirlik va qo‘mitaning boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Suhbatda 2021 yil yurtimizda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan xalqaro musobaqalar, ularning tashkiliy masalalari, yil davomida soha oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish rejalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida yaqin orada o‘tkazilishi kutilayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri, “Navro‘z” xalqaro marafoni, professional bokschimiz Murodjon Ahmadalievning chempionlik kamarlarini himoya qiluvchi jangiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ular doirasida xalqaro sport tashkilotlari rahbariyatini ham yurtimizga taklif qilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlash borasida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Fikrlar