O‘zbekiston - Iroq: Jamoalar ertaga qanday rangdagi liboslarda maydonga tushadi?

  • 28.03.2021 21:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahsda vakillarimiz ko‘k rangli liboslarda harakat qiladi. Iroqliklar esa yashil rangli sport formalarida to‘p tepadi.

Mazkur bellashuvni FIFA referisi Nurzatbek Askat o‘g‘li boshchiligidagi qirg‘izistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko hamja Ismoiljam Talipjanov yordamlashadi. Zaxira hakami etib hamyurtimiz Axrol Risqullaev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Iroq uchrashuvi 18:00 da start oladi. O‘yin "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!