
O‘zbekiston - Qatar bellashuvi uchun chiptalar sotuvining qachon boshlanishi e’lon qilindi
O‘zbekiston - Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionatining saralash o‘yini uchun ELEKTRON chiptalarni sotib olish imkoni bo‘lmaydi.
Chiptalar 3 iyundan boshlab faqat oflayn tarzda quyidagi kassalarda sotiladi:
1) "Bunyodkor" stadioni (G‘ofur G‘ulom nomidagi sayilgoh tomonida, ikkinchi kassa "Chilonzor" metro bekati yonida)
10:00-20:00
2) "Paxtakor" stadioni (Alisher Navoiy nomidagi Kinopalace, (Panorama) tomonida joylashgan)
10:00-20:00
3) "Humo Arena"
10:00-20:00
Bu qaror O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qabul qilingan.
Ushbu chora chayqovchilar faoliyati va elektron chiptalarni soxtalashtirish holatlarining oldini olish uchun zarurdir.
Fikrlar