
O‘zbekiston - Qatar bellashuvi uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi to‘xtatildi!
O‘zbekiston - Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionatining saralash o‘yini uchun chiptalar tugadi. Bu haqda "Iticket.uz" ma’lum qildi.
Mazkur bellashuv uchun chiptalar sotuvi 3 iyunda boshlandi va 5 kun davom etdi (3, 4, 5, 7 va 9 iyun). Chiptalar faqatgina poytaxtda joylashgan 3 ta kassada sotildi. Bular: "Bunyodkor" va "Paxtakor" stadionlari va "Xumo arena" hududida joylashgan kassalar.
Chiptalar sotuvi faqat oflayn tarzda amalga oshirildi. Bu qaror tao‘kilot, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qabul qilingan. Ushbu chora chayqovchilar faoliyati va elektron chiptalarni soxtalashtirish holatlarining oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Fikrlar