O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuviga muxlislar va jurnalistlarning kirishi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

  • 19 iyun, 2022, 10:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun final. U-23 Osiyo Kubogida hal qiluvchi bellashuv. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladi.

Uchrashuv 18:00da boshlandi. O‘yinni "Uzreport" telekanalida jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Stadionga tashrif buyurishni maqsad qilganlar uchun ma’lumot. IIBBning ma’lum qilishicha, stadionga keluvchi muxlislarning ko‘pligini inobatga olib hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida musobaqani tomosha qilish uchun tomoshabinlar stadionga soat 14.00 dan kiritiladi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillarining stadionga kiritilishi 5-sonli kirish yo‘lagidan amalga oshiriladi va soat 10.00 dan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!