O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi "Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025" musobaqasida chempion bo‘ldi

Joriy yilning 25–26 oktyabr kunlari Oman davlatining Maskat shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida "Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Turnirda to‘rtta jamoa — O‘zbekiston, Eron, Janubiy Koreya va Livan — ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, Osiyo Regbi Trophy chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!