O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “CAVA Beach Volleyball Championship” turnirida g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da sohil voleyboli bo‘yicha “CAVA Beach Volleyball Championship” musobaqasi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoalari oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Birinchi jamoamiz finalda Qirg‘iz Respublikasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun kechgan ikkinchi va uchinchi jamoalarimiz o‘rtasidagi bahsda ikkinchi jamoa ustun keldi.

Ayollar:
1. O‘zbekiston (1) 
2. Qirg‘iz Respublikasi 
3. O‘zbekiston (2) 

Erkaklar:
1.Eron (1) 
2. Qozog‘iston 
3. Eron (2) 

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!