Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limiga yangi rahbar saylandi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

O‘zDJTSU rektori viloyat boksiga ma’sul bo‘ldi.

 Bugun, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining  majlislar zalida O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan murabbiylar, boks faxriylari ishtirok etishdi.

       Boks federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi G‘ayrat Abduxamidovich Abduvoxidov boshqa ishga o‘tganligi sababli, egallab turgan lavozimidan ozod qilishni so‘rab, yig‘ilish qatnashchilariga murojaat qildi hamda ushbu lavozimga taklif qilingan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Rustamovich Boltabaev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Yig‘ilish qatnashchilari Maxmudjon Rustamovichni bir ovozdan O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi lavozimiga saylashdi.

Yig‘ilish yakunida G‘ayrat Abduvoxidovni Toshkent viloyatida boksning rivojlanishiga qo‘shgan beqiyos hissalari, ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilindi.

Toshkent1

Toshkent

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q