O‘zbekiston chempionati noma’lum muddatga to‘xtatildi

CHERY AUTO

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi doirasida yurtimizda 10 iyul sanasidan karantin choralari kuchaytirildi.

Tecno

Respublika maxsus komissiyasi qarorida sport zallari faoliyati karantin talablari yushmatilguniga qadar to‘xtatilishi alohida band sifatida ko‘rsatilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi tasarrufidagi futzal  musobaqalari ham noma’lum muddatga to‘xtatildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, 1-6 iyul kunlari Toshkentdagi "Yoshlik" sport majmuasida Oliy liga 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jamoalar joriy mavsum hozirga qadar 6 tadan o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, turnir jadvalida "Paxtakor" va AGMK jamoalari 15 ochko bilan peshqadamlar safidan joy olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шерзодбек Вохидов
09/07/2020 20:36
Mollar bular saviya 0000
&
NBek9502
09/07/2020 16:05
Bu qo‘ylarga gapirgani foydasi yo‘q baribir o‘zbek xalqi ishonivchanligi uchun aldayveradi ko‘pirtirib yozib
&
нодирбек.фк насаф
09/07/2020 15:40
Футзал диб йозилар Барака топкурлар