O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi xokkeychilari aniqlandi
Unda "Semurg‘" klubi "Binokor"ni 4:1 hisobida (seriyada 3:2) mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda dastavval shaxsiy sovrinlar o‘z egalariga topshirildi.
Unga ko‘ra, "Binokor" a’zosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi bo‘ldi. "Semurg‘" hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to‘purar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov ("Binokor") eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko ("Semurg‘") esa eng yaxshi himoyachi bo‘ldi.
Shundan so‘ng bellashuv hakamlari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Vanihoyat chempionatning 3-o‘rin egasi "Humo" xokkeychilariga bronza, finalda mag‘lub bo‘lgan "Binokor"ga kumush va chempion "Semurg‘" a’zolariga oltin medallar va 15 kglik kubok topshirildi.



Fikrlar