O‘zbekiston delegatsiyasi MDH o‘yinlarini 119 ta medal bilan yakunladi
Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari nihoyasiga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimiz badiiy gimnastikaning besh halqa va besh juft bulava dasturi bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqa davomida 25 ta oltin, 33 ta kumush va 61 ta bronza, jami 119 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar