O‘zbekiston ham sensatsiya qila oladimi?

  • 15.06.2026 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoalar o‘z guruhlarida birin-ketin birinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. Mundial davomida kutilmagan natijalar ham qayd etilayapti.

Xususan, jahon chempionligiga da’vogar Braziliya futbolchilari Marokash bilan to‘qnashuvda bazo‘r mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Iqtidorli o‘yinchilarga ega bo‘lgan Turkiya kutilmaganda Avstraliya milliy terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“K” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixiy mundialdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bu bahsni Abduqodir Husanovga yaxshi tanish bo‘lgan angliyalik referi Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasida boshqaradi.

Ayni paytda futbol olami vakillari mundial munosabati bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va uning futbolchilari imkoniyatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Xususan, Qozog‘istonlik taniqli futbol mutaxassisi va funksioneri Bulat Esmagambetov Sports24.kz nashriga bergan eksklyuziv intervyusida O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.

- O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqanining o‘zi butun mamlakat uchun ulkan muvaffaqiyat va bayram.

Hozirning o‘zida musobaqada sensatsiyalar kuzatilmoqda. Masalan, Avstraliyaning Turkiyani kutilmaganda mag‘lub etganini eslashning o‘zi yetarli.

Albatta, O‘zbekiston ham muxlislarni yoqimli tarzda hayratda qoldirsa yaxshi bo‘lardi. Jamoa jahon chempionatida birinchi marta qatnashmoqda, shuning uchun ulardan katta natijalarni talab qilish qiyin.

Kolumbiyaga qarshi o‘yin haqida aytsak, ustunlik kolumbiyaliklar tomonida. Ular jahon chempionatlarida katta tajriba to‘plagan jamoa.

Obyektiv qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasi bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallamaslik uchun kurashadi, - dedi Bulat Esmagambetov.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi futbolchilarimiz guruh bosqichidagi ikkinchi turda 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga chiqadi. Guruhdagi so‘nggi bahs 28 iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasi vakillariga qarshi o‘tkaziladi.

Ekspert O‘zbekistonga bizga yoqmaydigan baho berdi!
Husanovni 500 dollarga o‘ynab yurganini ko‘rganman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!