Husanovni 500 dollarga o‘ynab yurganini ko‘rganman!

  • 14.06.2026 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatida ishtirok etayotganligi munosabati atrofdagi mamlakatlar mutaxassislari, murabbiylari, futbolchilari milliy terma jamoamiz va uning o‘yinchilari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Rossiya chempionati birinchi ligasida ishtirok etayotgan “Yenisey” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Tashuev eng mashhur futbolchimiz Abduqodir Husanov haqida gapirdi.

Rossiyalik mutaxassis AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qilayotgan tarixiy jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi, xususan, o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan Abduqodir Husanovning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatishini aytdi.

Menga “Energetik-BGU” safida men boshqargan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi maydonga tushgan Abduqodir Husanovning harakatlarini kuzatish juda qiziq.

Bu yigit keyinchalik “Manchester Siti”ning yetakchilaridan biriga aylanishini kim ham o‘ylabdi, deysiz?

Men o‘sha paytlar hatto Husanov degan futbolchi kimligini ham payqamaganman. Bizga qarshi bir yosh bola o‘ynayotgandi. Nazarimda, biz o‘sha o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz.

Hozir unga qarab, ilgari oyiga 500 dollarga o‘ynagan o‘sha yigit bilan bugun “Siti”da to‘p surayotgan futbolchini taqqoslash juda qiziq.

Bu yoshlar uchun yaxshi namuna. Mehnat qilish, rivojlanish kerak va har doim imkoniyat bo‘ladi, - dedi Sergey Tashuev.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” akademiyasida tarbiyalangan bo‘lsa-da, professional faoliyatini Belarus chempionatida boshlagan. Abduqodir 2022-2023 yillar davomida “Energetik-BGU” jamoasida to‘p tepgan.  

Sergey Tashuev esa, 2022 yilda Belarus chempionati yetakchilaridan hisoblangan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasida ishlagan.

Keyinchalik Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tdi va u yerda bir yarim yil faoliyat yuritganidan keyin 2025 yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisini 40 million yevro evaziga transfer qildi.

Abduqodir shundan beri “Manchester Siti” safida Angliya chempionati, mamlakat kubogi, Liga kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, Angliya kubogida 1 ta gol urdi.

 

Ekspert O‘zbekistonga bizga yoqmaydigan baho berdi!

Mundialda Fayzullaev skautlar nazariga tushishini istayman!

Husanov o‘zbek futbolchisi Premier-liga klubiga o‘tganiga munosabat bildirdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!