O‘zbekiston imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida 1-Shaxmat Olimpiadasida ishtirok etadi (tarkib)

  • 25.01.2023 13:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
29 yanvardan 5 fevralga qadar Serbiyaning Belgrad shahri FIDE tomonidan birinchi marta tashkil etilayotgan, imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Musobaqada 30 ta davlat jamoalari ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor. Musobaqa jamoviy tarzda, 4 ta doskada o‘tkaziladi. 
 
Ushbu Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha ko‘rinish olgan:
 
1. FM Sirojiddin Zaynidinov (2042)
2. Sardorbek Mamarajabov (1712)
3. Axadxon Kimsanboev (1600)
4. Marsel Shayusupov (1580)
5. Sobirjon Saidov (1561)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!