O‘zbekiston jahon chempionatida har qanday raqibga qarshi o‘ynay oladimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi.
Futbolchilarimizni qo‘shni mamlakat vakillari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, terma jamoamizni AQSHning eng yirik shaharlaridan bo‘lgan Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda kutib olish marosimida o‘zbeklar bilan birga qozoqlar ham qatnashdi.
Xususan, Amerikada yashayotgan Alma Beketayeva o‘zining Instagram-akkounti orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kutib olish marosimidan video va suratlarni e’lon qilib, hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Amerikada bo‘lgan butun Qozog‘iston, butun Markaziy Osiyo xalqlari – O‘zbekiston uchun muxlislilik qilmoqda. Biz sizlar bilan juda faxrlanamiz, sizlar haqiqatan ham zo‘rsizlar.
Xorijda ayniqsa bir narsa aniq anglashiladi: xalqlarimiz bir-biriga o‘ylagandan ham yaqinroq. O‘zbekiston g‘alaba qozonsa – butun Markaziy Osiyo xursand bo‘ladi.
Sizlar bilan faxrlanamiz, yigitlar. Mintaqamiz bayrog‘ini shunchalik baland ko‘tarayotganingiz uchun rahmat, - deb yozdi Alma Beketayeva o‘z postida.
Shuningdek, Qozog‘iston milliy terma jamoasining sobiq sardori Samat Smakov ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.
- Portugaliyni hisobga olmasak, qolgan barcha jamoalarga qarshi o‘ynash mumkin, hatto portugalarga qarshi o‘ynasa ham bo‘ladi.
Futbol yana bir bor shuni ko‘rsatmoqdaki, hamma o‘ynashni ham, himoyalanishni ham o‘rgangam. Agar jamoa yaxshi himoyalansa, uni yorib o‘tish juda qiyin bo‘ladi.
O‘zbekiston – bizning qo‘shnimiz, birodar mamlakat, biz ular uchun qayg‘uramiz. Ular 10 yil avval futbolga sarmoya kiritishni, bazalar va stadionlar qurishni boshlagan edi va hozir bu o‘z samarasini berdi.
Qozog‘istonda ham akademiyalar va stadionlar qurilmoqda. Lekin natija juda tez bo‘lishini kutish kerak emas, - dedi Smakov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zi uchun tarixiy jahon chempionatining “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan o‘ynaydi.
Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!
Bitta o‘zbek bor! Yevropaning eng zo‘r 10 ta transferi e’lon qilindi

Fikrlar