O‘zbekiston jahon chempionatida qaergacha etib boradi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov futbol olamida o‘ziga yarasha iz qoldirgan futbolchilardan. Professional faoliyati davomida Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston klublarida to‘p tepgan.
Moskvaning TsSKA klubi safida ikki marotaba Rossiya kubogi va bir marta UEFA kubogini qo‘lga kiritgan. Rossiya poytaxtining yana bir jamoasi – “Lokomotiv” tarkibida mamlakat chempioni va ikki bor kubok sohibi bo‘lgan.
Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 72 ta uchrashuvdan ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol urishni ham uddalagan.
38 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida o‘ynaydigan guruhi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Ma’lumki, futbolchilarimiz debyut mundialni “K” kvartetida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlar bilan boshlaydi. Uchinchi raqib Kongo Demokratik Respublikasi, Yangi Kaledoniya va Yamayka terma jamoalari o‘rtasidagi pley-off orqali aniqlanadi.
- Guruh juda jiddiy. Portugaliya haqida gapirib o‘tirishning o‘zi shart emas, hammaga barchasi ayon. Kolumbiya ham kuchli raqib, lekin jahon chempionatida boshqachasi bo‘lmaydi.
Menimcha, guruh juda ajoyib, qur’adan mamnunman. Krishtianu Ronalduga qanday qarshi turish mumkin? Murabbiylar shtabi barchasini batafsil tahlil qiladi, yangicha hech narsani o‘ylab topib o‘tirish shart emas.
Qolaversa, u erda xavf faqat Ronaldudan kelib chiqmaydi. Joau Nevesh, Brunu Fernandesh, Vitinya kabi eng yuqori saviyadagi futbolchilar ko‘p. Bizni juda qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi.
Bir tomondan, O‘zbekiston uchun ilk jahon chempionatida yuksak vazifalar u qadar muhim emas, degan fikrlarga qo‘shilaman. Ammo ikkinchi tomondan, faqat ishtirok bilan cheklanib qolishni istamaymiz. Hech bo‘lmasa guruhdan chiqish kerak, shuning o‘ziyoq yaxshi natija bo‘ladi.
Hozircha qancha muxlislarimiz u erga borio‘ini bilmayman, ammo AQShda o‘zbek diasporasi ancha katta, shuning uchun futbolchilarimiz qo‘llab-quvvatlashsiz qolmasdisht aniq.
O‘zimning safarim haqida esa hozircha aniq gap aytolmayman, chiptalarni topish qiyin bo‘ladi. Bu nafaqat Portugaliyaga qarshi, balki istalgan o‘yin uchun ham shunday bo‘ladi, - dedi Vitaliy Denisov.
FIFA tasnifidagi eng nufuzli turnir hisoblangan bu galgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. 48 jamoa ishtirok etadigan turnir 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar davom etadi.
Fikrlar