O‘zbekiston jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Dunyo miqyosida tobora ommalashib borayotgan kikboksing bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2027 yildgi jahon chempionati ilk bor Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Narmetov va Kikboksing tashkilotlari jahon assotsiatsiyasi – WAKO prezidenti Roy Beyker 2027 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Toshkent shahrida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni rasmiy imzoladi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, nufuzli musobaqaning Toshkent shahrida tashkil etilishi Osiyo mintaqasida kikboksing rivoji uchun muhim qadam bo‘ldi.
Hujjatni imzolash marosimi 2026 yil 8 aprel kuni Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan WAKO Jahon kubogi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda WAKO kikboksing hamjamiyatining yetakchi rasmiylari ishtirok etdi.
Bu, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro kikboksing musobaqalariga mezbonlik qilishdagi roli tobora oshib borayotganining yana bir yorqin dalili hisoblanadi.
Fikrlar