
O‘zbekiston keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan o‘ynashi aniq bo‘ldi
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda. Biroz avval "A" guruhidan o‘rin olgan Quvayt - Iroq uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘z guruhida Tailanddan so‘ng (7 ochko) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Quvayt termasi "B" guruhi g‘olibi O‘zbekistonga qarshi chorak finalda maydonga chiqadi.
Ma’lumot uchun, kecha vakillarimiz 3-tur doirasida Bahraynni yirik 6:1 hisobida taslim etib, o‘z guruhida 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar