O‘zbekiston kriket federatsiyasi Hindiston kriket boshqaruv kengashi bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

  • 3 may, 2023, 21:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

O‘zbekiston kriket federatsiyasi mamlakatimizda kriket sport turini keng rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Xususan, ayni paytda O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev xizmat safari bilan Hindiston davlatida bo‘lib turibdi. Hindiston kriket boshqaruv kengashi (BCCI) tomonidan munosib kutib olingan Aziz Mixliev Hindistonning Laknav shahrida rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, hamkorlikka BCCI vakillari bilan istiqbolli rejalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv shuningdek, Hindiston kriket boshqaruv kengashi O‘zbekistonda kriketni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikka tayyor ekanligini bilidirib o‘tli. Shundan so‘ng delegatlar Kanpur shahrida joylashgan eng qadimiy va "yashil stadion" nomi bilan tanilgan, eng birinchi "Test match" o‘yinlar o‘tkazilgan kriket stadionini borib ko‘rishdi. Ushbu stadionda matbuot anjumani ham tashkil etildi. Matbuot anjumanida Aziz Mixliev hindistonlik jurnalistlarning mamlakatimizda kriket bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga oid savollariga batafsil javob berdi.

Tashrif doirasida Aziz Mixliev o‘zining yaqin do‘sti bo‘lgan doktor Chandan Agarvalga tegishli bo‘lgan "Goinka" nomli xususiy kriket maktabida ham bo‘lishdi. Ahamiyatli tomoni, doktor Chandan Agarval o‘z maktabiga kriket bo‘yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamaolarimizni tekinga o‘n kunlik o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazishga va "Yashil stadion" da musboqalar tashkil etish taklifini bildirdi.

O‘KF raisi Aziz Mixlievning kriket bo‘yicha Hindistondagi xizmat safari davom etmoqda.

photo_2023-05-03_16-14-51

photo_2023-05-03_16-14-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!