
O‘zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" o‘yinini Lutfullin boshqaradi
15 avgust kuni O‘zbekiston Kubogi chorak final doirasidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Bunyodkor” - “Paxtakor” jamoalari yarim final masalasini hal qilish uchun maydonga tushadilar. O‘zbekiston futbol hakamlar markazi esa mazkur o‘yinda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
19:30. “Bunyodkor” – “Paxtakor”
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Doston Rahmonov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Ruslan Serazetdinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Zoxir Akramxonov
Fikrlar