
O‘zbekiston kubogi finallarida eng ko‘p va eng kam muxlislar qaysi stadionlarda kuzatilgan?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston kubogi finali o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" va AGMK o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu bellashuv Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 17:00da boshlanadi.
O‘zbekiston kubogi g‘oliblarini bilasizmi? Finalchilarinichi?
Shu paytgacha o‘tkazilgan 26 finalga jami 308350 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu har bir finalga o‘rtacha 11859 muxlis to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p muxlis 1999/2000 yili Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tkazilgan finalda qayd etilgan – 30000. Eng kami ham Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lgan 1996 yilgi finalda kuzatilgan – 2000.
Bilasizmi? O‘zbekiston kubogi finali ilk bor "Lokomotiv" stadionida o‘tkaziladi
Quyida kubok finallari o‘tkazilgan stadionlar, shaharlar va tomoshabinlar soni bilan tanishishingiz mumkin:
Yil |
G‘oliblar |
Finalchilar |
Stadion, shahar |
Tomoshabin |
1992 |
Navbahor |
Temiryo‘lchi |
«Dinamo», Samarqand |
7 000 |
1993 |
Paxtakor |
Navbahor |
“Paxtakor”, Toshkent |
8 000 |
1994 |
Neftchi |
Yangier |
MHSK, Toshkent |
10 000 |
1995 |
Navbahor |
MHSK |
“Paxtakor”, Toshkent |
6 000 |
1996 |
Neftchi |
Paxtakor |
“Paxtakor”, Toshkent |
2 000 |
1997 |
Paxtakor |
Neftchi |
“Paxtakor”, Toshkent |
21 000 |
1998 |
Navbahor |
Neftchi |
“Paxtakor”, Toshkent |
2 500 |
1999/2000 |
Do‘stlik |
Samarqand |
“Paxtakor”, Toshkent |
30 000 |
2000/2001 |
Paxtakor |
Neftchi |
“Paxtakor”, Toshkent |
25 000 |
2001/2002 |
Paxtakor |
Neftchi |
“Paxtakor”, Toshkent |
25 000 |
2002/2003 |
Paxtakor |
Nasaf |
“Paxtakor”, Toshkent |
15 000 |
2004 |
Paxtakor |
Traktor |
“Paxtakor”, Toshkent |
10 000 |
2005 |
Paxtakor |
Neftchi |
“Paxtakor”, Toshkent |
5 000 |
2006 |
Paxtakor |
Mash’al |
“Paxtakor”, Toshkent |
17 000 |
2007 |
Paxtakor |
Quruvchi |
MHSK, Toshkent |
11 500 |
2008 |
Bunyodkor |
Paxtakor |
“Paxtakor”, Toshkent |
12 124 |
2009 |
Paxtakor |
Bunyodkor |
“Paxtakor”, Toshkent |
27 543 |
2010 |
Bunyodkor |
Sho‘rtan |
“Paxtakor”, Toshkent |
8 247 |
2011 |
Paxtakor |
Nasaf |
“Paxtakor”, Toshkent |
12 005 |
2012 |
Bunyodkor |
Nasaf |
“Paxtakor”, Toshkent |
7 000 |
2013 |
Bunyodkor |
Nasaf |
“Paxtakor”, Toshkent |
5 228 |
2014 |
Lokomotiv |
Bunyodkor |
“Olmaliq”, Olmaliq |
8 251 |
2015 |
Nasaf |
Bunyodkor |
“So‘g‘diyona”, Jizzax |
11 650 |
2016 |
Lokomotiv |
Nasaf |
«Dinamo», Samarqand |
8 150 |
2017 |
Lokomotiv |
Bunyodkor |
“Bunyodkor”, Toshkent |
29 000 |
2018 |
AGMK |
Paxtakor |
“Istiqlol”, Farg‘ona |
11 152 |
Fikrlar