O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" - "Andijon": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?

  • 18.04.2024 17:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida "Andijon" jamoasini qabul qiladi.

Xabaringiz bor, mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 hamda 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda “Paxtakor” (0:3, 1993 yili) va “Nasaf” (1:2, 2022 yil) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“Andijon” esa hali O‘zbekiston kubogi finaliga qadar etib bormagan.

“Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari  O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 7 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 5 tasida "lochinlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa,  2 ta bahsda andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham “Navbahor” tarafida – 13 - 6. 

Mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:

1992 yil. 1/4 final

“Navro‘z” – “Navbahor” – 0:1

“Navbahor” – “Navro‘z” – 3:1

1993 yil. 1/4 final

“Navbahor” – “Navro‘z” – 4:2

“Navro‘z” – “Navbahor” – 1:0

2002/2003 yillar. Guruh bosqichi

“Andijon” – “Navbahor” – 1:4

2018 yil. 1/16 final

“Andijon” – “Navbahor” – 1:0

2023 yil. Guruh bosqichi

“Navbahor” – “Andijon” – 1:0.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” uchrashuvi 21 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 16:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!