
O‘zbekiston kubogi: "Navbahor" Birinchi liga jamoasini qiyinchilik bilan taslim etdi. "Olimpik"dan esa ishonchli g‘alaba
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan bugungi 4 o‘yinning dastlabki 2 tasi yakunlandi.
"Zomin" maydoniga safar uyushtirgan "Navbahor" qiyin g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda dastlab, namanganliklar penaltidan hisobni ochdi va ikkinchi taym o‘rtalarida farqni yana bittaga oshirgandi.
Biroq, Birinchi liga vakili "lochinlar"ning ikkinchi goliga tezkorlik bilan javob berdi. Yakunda o‘yin 2:1 hisobida "Navbahor"ning g‘alabasi bilan tugadi.
"Oq-tepa" - "Olimpik" bahsida gollar shousi kuzatildi. Yangi tashkil etilgan "Olimpik" raqibi darvozasini 4 bor ishg‘ol qildi. O‘zi esa ikki marta gol o‘tkazib yubordi. Natijada Timur Kapadze shogirdlari 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston kubogi. 2-tur
OQ-TEPA — OLIMPIK 2:4
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziev, 35 (0:1), Farruhbek Muxtorov, 56 pen (0:2), Bektemir Abdumannonov, 61 (0:3), Talgat Nigmatulin, 63 (1:3), Bektemir Abdumannonov, 65 (1:4), Sunnatilla Mamadaliev, 90 (2:4)
ZOMIN — NAVBAHOR 1:2
Gollar: Azimjon Ahmedov, 45+2 pen (0:1), Shohruh Mahmudxojiev, 72 (0:2), Eldor Karimov, 74 (1:2)
Fikrlar