
O‘zbekiston Kubogi. "Navbahor" joylashgan guruhda yakuniy turnir jadvali (Foto)
Bugun O‘zbekiston Kubogi "A" guruhida 3-tur bahslari o‘tkazildi. Ikki bellashuv ham bir vaqtda boshlandi.
"Navbahor" Namanganda "Neftchi"ni qabul qildi. Vodiy derbisida Samvel Babayan shogirdlari Jamshid Iskanderov va Zoran Marushichning gollari evaziga g‘alaba qozondi - 2:0. "Qizilqum" - "Dinamo" bahsida hisob ochilmadi - 0:0.
Shu tariqa, "lochinlar" yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Kvartetda ikkinchi o‘rinni egallagan "Qizilqum" ham pley-offga chiqdi. Farg‘onaliklar esa qolgan guruhlardagi natijalarni kutishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar