
O‘zbekiston kubogi. "Qizilqum" Toshkentda Pro liga autsayderiga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Olimpik MobiUz" - "Qizilqum" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida yagona golga Salohiddin Tursunov mualliflik qildi. Poytaxtliklarning ikki goli esa Daler Tuxsanov (dubl) nomiga qayd etildi.
Ushbu natijadan so‘ng Toshkent klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda etakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Fikrlar