O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" Pro-liga klubini ayab o‘tirmadi

  • 8 aprel, 2022, 17:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi "G‘ijduvon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvda Mo‘min Meliev, San’at Shixov va Murodjon Komilov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar vakili Ulug‘bek Xudayberdiev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa, vodiyliklar kubokdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi. "G‘ijduvon" ilk turda Superliga klubiga etarlicha qarshilik ko‘rsata olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!