O'zbekiston kubogi saralashidan o'rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi

  • 22.03.2026 16:56
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston kubogiga saralashning 1-bosqichidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bellashuvda Samarqanding “Azur” hamda Namanganing “Barkamol” jamoalari kuch sinashdi va uchrashuv samarqandliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Azur” klubi safidan gollarga Shohjahon Ismatov va Beknazar Bobojonov mualliflik qilgan bo‘lsa, namanganliklarning yagona golni esa Lutfulloh Nuriddinov o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Kuning ikkinchi uchrashuvida Sirdaryoning “Guliston” va media jamoa hisoblangan “Sonyc X” jamoalari to‘qnash keldi. Bu bahsda sirdaryoliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. “Guliston” jamoasining gollari Bunyod Shodiev va Asilbek Umrzoqov tomonidan kiritildi.

Ma’lumot uchun, birinchi uchrashuvda g‘olib bo‘lgan “Azur” jamoasiga keyingi bosqichda “Do‘stlik” klubi raqib bo‘ladi. “Guliston” esa “Lokomotov BFK”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!