
O‘zbekiston kubogi yarim finaliga qachon qur’a tashlanadi? Jarayon jonli efirda namoyish etiladi
12 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi chorak final bahslari o‘tkaziladi.
Chorak finalning dastlabki ikki o‘yini soat 13:00da, keyingi ikkita o‘yin soat 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
O‘zPFL hamda “Sport-TV” o‘zaro kelishib, yarim final uchun qur’a tashlash marosimini so‘nggi ikki o‘yin yakuniga etishi bilan o‘tkazishga qaror qildi. Qur’a tashlash marosimi oxirgi uchrashuvlar tugashi bilan “Sport-TV” orqali jonli namoyish etiladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Qur’a avvalgi sodda formatda o‘tadi. Bunda savatchadan birinchi olingan klub yarim finalni o‘z maydonida o‘tkazadi, keyingi jamoa esa o‘z-o‘zidan uning raqibiga aylanadi.
Fikrlar