O‘zbekiston kubogining yana bir ishtirokchisi nomi ma’lum

  • 28.03.2026 16:41
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston kubogiga saralashning 3-bosqich o‘yinlari start oldi.

Bu bosqichda ilk uchrashuvida Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasi hamda Ahmadov futbol akademiyasi kuch sinashdi. Uchrashuv qoraqalpoqlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Nukusliklar safida Kuvatbek Xudoyberdiev dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Dilshod Mahmudov o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Ahmadov jamoasining yagona goliga esa Ziyodulla Salomov mualliflik qildi. 

Ma’lumot uchun,  Nauriz Alimov shogirdlari bu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!