O‘zbekiston milliy terma jamoamiz FIFA reytingida ikki o‘ringa yuqoriladi!

  • 28.03.2026 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, kecha Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvida Gabonni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Bu g‘alaba orqali jamoamiz FIFA reytingida 3.29 ballni qo‘lga kiritdi va 2 o‘ringa yuqorilab, 50-o‘ringa joylashdi (1465.32). Terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini Venesuelaга qarshi o‘tkazadi. Mazkur jamoa esa reytingda 49-o‘rinda bormoqda (1468.07). Agar vakillarimiz bo‘lajak to‘qnashuvda g‘alaba qo‘zonsa, yana yuqori o‘ringa ko‘tarilishimiz mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston - Venesuela o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 30 mart kuni 19:00’da start oladi.
 
Eslatib o‘tamiz, FIFA reytingida Ispaniya peshqadamlik qilmoqda (1879.12). Kuchli uchlikdan esa Fransiya va Argentina o‘rin olgan (ikki jamoada ham bir xil ochko mavjud - 1873.96). 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!