O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Singapurga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslarining “D” guruhida bugun Singapurga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Ar Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida o‘tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Mazkur o‘yin oldidan vakillarimiz hisobida 9 ochko mavjud va terma jamoamiz guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. 6 bahsda 7 ochko jamg‘argan Singapur esa 4-pog‘onadan o‘rin olgan.
Fikrlar